Telefon Raqamingiz

Siz batafsil ma'lumotni bizning TSS va Shartlar bo'limimizda topishingiz mumkin. Narxi: kuniga 1899 so'm.

Telefon Raqamingiz

Siz batafsil ma'lumotni bizning TSS va Shartlar bo'limimizda topishingiz mumkin. Narxi: kuniga 1899 so'm.

Telefon Raqamingiz

Siz batafsil ma'lumotni bizning TSS va Shartlar bo'limimizda topishingiz mumkin. Narxi: kuniga 1899 so'm.

Ajdar Musiqa



Siz batafsil ma'lumotni bizning TSS va Shartlar bo'limimizda topishingiz mumkin. Narxi: kuniga 1899 so'm.

Ajdar Musiqa



Siz batafsil ma'lumotni bizning TSS va Shartlar bo'limimizda topishingiz mumkin. Narxi: kuniga 1899 so'm.

Ajdar Musiqa



“Ajdar Musiqa” Viktorinasining Shartlari va Qoidalari

 

 

 

1. Atamalar va ta'riflar

ABONENT yoki ABONENTLAR mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishga shartnoma asosida Operator bilan shartnoma munosabatlarida boʻlgan shaxs/shaxslarni bildiradi.

OPERATOR Abonent bilan shartnoma asosida Abonent tomonidan berilgan axborotni uzatish yoki qabul qilish uchun oʻz tarmogʻini taqdim etuvchi “Unitel” MChJ (Beeline)ni bildiradi.

SMS (ShortMessageService – qisqa matnli xabarlar xizmati) Abonentga Operator tomonidan koʻrsatiladigan xizmatni bildiradi, bu Abonentga qisqa matnli xabarlarni mobil (uyali) telefondan joʻnatish va mobil telefonga qabul qilish imkonini beradi.

TARMOQ uning yordamida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ABONENTGA aloqa xizmatlari taqdim etiladigan OPERATOR texnik vositalari (kommutatsiyaviy va radio uskuna, abonent qurilmalari, ulovchi liniyalar, inshootlar va shunga oʻxshashlar) ning jamlanmasini bildiradi.

ABONENT QURILMASI aloqa kanallari boʻyicha ABONENT tomonidan berilgan axborotni uzatish yoki qabul qilish uchun TARMOQQA ulanadigan va ABONENTGA tegishli (foydalanadigan) koʻchma radiotelefon (uyali) aloqaning oxirgi uskunasini bildiradi.

SERVIS RAQAMI ABONENTGA KONTENT xizmatlarni taqdim etish uchun KONTENT-PROVAYDERGA OPERATOR tomonidan ajratilgan raqamni bildiradi.

FOYDALANUVCHI Kontent provayder tomonidan taqdim etiladigan nomoddiy xizmatlarni oluvchi va toʻlov uchun foydalanuvchi, oʻz xohishi boʻyicha, tasdiqlash klavishasini bosish bilan oʻzining shartnoma shartlarini qabul qilganligini tasdiqlagan yoxud qisqa matnli xabarni yuborgan holda, oʻz roziligini tasdiqlash yoʻli bilan mazkur shartnoma shartlarini qabul qilgan Kontent provayder xizmatlarini xarid qilib oluvchi Abonentni bildiradi.

KONTENT PROVAYDER Operator bilan shartnoma asosida Abonentlar uchun xizmatlarni koʻrsatuvchi va Operator bilan shartnoma munosabatlarida boʻlgan “SDS Carrier Solutions” MCHJni bildiradi.

KONTENT-XIZMAT - KONTENT PROVAYDERI tomonidan abonentga uning iltimosiga binoan taqdim etiluvchi ma'lumot, ko'ngilochar va / yoki boshqa ma'lumotlar, musiqalar, rasmlar, videolar, o'yinlar, ovoz berishlarda, tanlovlarda ishtirok etish va shunga o'xshash tadbirlar.

“SO’ROV” – ABONENT tomonidan ABONENT QURILMASIDAN SERVIS RAQAMIGA SMS, USSD, IVR ovozli xizmati yuborish yoki ABONENT QURILMASIDAN KONTENT-XIZMATga ulanish uchun KOMPLEKS bilan o’zaro aloqa komandasini o’z ichiga olgan SERVIS RAQAMIGA qo’ng’iroq qilish orqali amalga oshirilgan komanda.

“TEXNIK QO’LLAB -QUVVATLASH” – kun-u tun faoliyat ko’rsatish va SERVIS RAQAMIga xizmat ko’rsatishni o’z ichiga olgan ABONENTLARGA KONTENT-PROVAYDER KONTENT XIZMATLARINI taqdim etilishini texnik ta’minlash tadbirlari bo’yicha OPERATOR tomonidan amalga oshiriluvchi tadbirlar majmuasi.

“OBUNA”– maʼlum bir vaqt davomida belgilangan haq evaziga toʻlov uchun Abonentga promo viktorinada ishtirok etish imkonini taqdim etish.

“O'YIN” – “Ajdar Musiqa” nomi ostida KONTENT-PROVAYDER bilan birgalikda OPERATOR tomonidan oʻtkaziluvchi, ushbu Shartlar va Qoidalarda belgilangan yutuqlarni qoʻlga

 

 

2. Shartlar va tasnif

“Ajdar Musiqa” – ushbu o'yin butun dunyoda mashhur "Musiqani top" (“Ugaday melodiyu”) o‘yini asosida yaratilgan. Ushbu qiziqarli musiqali onlayn - test foydalanuvchilarga o‘zlarining musiqiy mahoratlari tufayli g‘ildirakdagi qo‘shiqlarni topish imkoniyatini beradi.

Foydalanuvchi g‘ildirakni aylantiradi va g‘ildirakda tegishlicha ballarga ega tasodifiy musiqani qabul qiladi. Agar foydalanuvchi to‘g‘ri javob bersa (15 soniya ichida musiqani yoki qo‘shiqchini taniy olsa), u ball to‘playdi. 

Xizmat barcha brauzerlarda mavjud.

Xizmatga ulangan abonentlar pullik obuna (1899 so‘m/kun) uchun har kuni 100 ball va g‘ildirakda 25 ta musiqa oladi.

O'yin lotoreya, lotoreyani rag’batlantiruvchi yoki boshqa rag’batlantiruvchi tadbir yoki qimor o’yini xavfiga asoslangan emas, reklama xarakteriga ega, abonentlarni qo’shimcha xizmatlar va “SMS” Operator xizmatini qo’llashga qiziqtirish maqsadida o’tkaziladi.  

Barcha operator abonentlari Viktorina o’tkazilishi va shartlari to’g’risida SMS yuborish yoki operatorning va kontent-provayderning boshqa kanallari orqali xabar qilinadilar. 

O'yinda “Unitel” MChJ (Beeline) operatorining oldindan to‘lov tizimi (prepaid) abonentlari ishtirok etishlari mumkin. “Ajdar musiqa” O'yiniga ishtirokchilar ajdarmusiqa.uz portali orqali ulanishlari mumkin. Ushbu holatda, abonent o‘z mobil telefon raqamini maxsus maydonga kiritishi, kiritilgan raqam o‘ziga tegishliligini tasdiqlovchi tugmasini bosishi va “PIN-kodni oling” tugmasini bosishi kerak. Shundan so‘ng foydalanuvchi 6303 raqamidan xizmat narxi va obunani tasdiqlash talabi keltirilgan SMS xabarni oladi. Abonent 6303 raqamiga javoban 1-ni yuborgandan keyingina xizmat faollashadi. Shuningdek, ishtirokchilar xizmatni SMS orqali faollashtirishlari ham mumkin. Buning uchun 6303 raqamiga START so‘zi yuborilganda foydalanuvchi 6303 raqamidan xizmat narxi va obunani tasdiqlash talabi keltirilgan SMS xabarni oladi. Abonent 6303 raqamiga javoban 1-ni yuborgandan keyingi xizmat faollashadi.

Obuna muvaffaqiyatli ulangan taqdirda, abonent xizmatga obuna bo‘lgani, obuna narxi, saytga qaytish uchun havola, obunani bekor qilish haqida ma’lumot, shuningdek, kirish uchun PIN-kod abonentga SMS shaklida yuboriladi.

O'yinning Shartlari va Qoidalari Operatorning Abonentlariga yuborilgan ommaviy oferta bo'lib, Abonent va Kontent - Provayderi o'rtasida Abonent ular bilan kelishgan paytdan boshlab xizmatni taqdim etish to'g'risida kelishuvga aylanadi. Abonentning roziligi uning xizmatga SMS orqali ulanish hisoblanadi.

 

 

3. Kalendar muddati

KONTENT-XIZMAT 20.03.2024 dan boshlab o'tkaziladi. 

.

 

 

4. Narxi

Obuna uchun har kuni abonent hisobidan 1899 so‘m (QQS bilan) yechib olinadi. Agar foydalanuvchining balansi kunlik obuna uchun yetarli bo‘lmasa, keyingi muvaffaqiyatli to‘lov amalga oshirilgunga qadar uning xizmatga kirishi bloklanadi.

 

 

5. Viktorina tili

Viktorina oʻzbek (asosiy til, avtomatik ravishda o’rnatilgan) va rus (Abonentning tanlovi boʻyicha) tillarida taqdim etiladi.

 

 

6. Shartlarni qabul qilish

Barcha ishtirokchilar www.ajdarmusiqa.uz. saytida joylashtirilgan, barcha uchun ochiq boʻlgan, mazkur Shartlarni diqqat bilan oʻqib chiqqanlari va toʻliq tushunayotganliklarini kafolatlashadi.

Xizmatga obuna bo‘lish orqali foydalanuvchi o‘zining to‘liq roziligini va amaldagi shartlar haqida to‘liq tushunchasini beradi hamda Operator va Kontent-provayderdan mobil telefonlariga 6303 qisqa raqamidan SMS-xabarlarni olishga rozi bo‘ladi.

Viktorina kunlik pullik obuna asosida amalga oshiriladi (kuniga 1899 so'm/ QQS bilan). Viktorinaga obuna har kuni abonent to'lovi uchun yangilanadi, unga ko'ra abonent 100 ball yutuqlarni olish va 21 ta musiqani taxmin qilish imkoniyatini qo’lga kiritadi.

Obunani faollashtirgandan so'ng, abonent ajdarmusiqa.uz veb-saytiga kirib, "O'ynash" tugmachasini bosib, g'ildirakning aylanishini to'xtatishi kerak. G'ildirak to'xtaganda, tanlangan musiqa yangraydi va abonent 15 soniya ichida javobni topishi va to'g'ri javob bilan tugmani bosishi kerak.

To'g'ri javoblarning ballari savollarning qiyinchilik darajasiga qarab o'zgarib turadi. Har safar g'ildirak to'xtaganda, portal abonentga savolga to'g'ri javob bersa, ishtirokchi qancha ball olishi to'g'risida xabar beradi. Noto'g'ri javoblar uchun ishtirokchi ballarni olmaydi yoki yo'qotmaydi.

Musiqa g'ildiragida 7 ta rang bor. Har bir rang ostida 4 ta kuy mavjud (jami 25 ta qism). Ballar quyidagi jadvalga muvofiq beriladi:

 

G'ildirakdagi ranglar

Musiqalar

Ballar

Moviy

4

10 ball

Binafsha rang

4

15 ball

Sariq

4

25 ball

Yashil

4

40 ball

Qizil

4

50 ball

To'q sariq

4

75 ball

Qora

1

150 ball

 

Agar abonent 25 ta savolga javob bergan boʻlsa va oʻyinni davom ettirmoqchi boʻlsa, u qoʻshimcha paketni soʻrashi mumkin. Har bir bunday so‘rov uchun qo‘shimcha to‘lov undiriladi: QQS bilan 1899 so‘m (o‘zbek so‘mi).

Abonent to'lovi abonent xizmatni o'chirgunga qadar yoki xizmat to'xtatilgunga qadar yechib olinadi.

Ishtirokchilar tomonidan xizmatdan foydalanish munosabati bilan sarflagan mablag'lar qaytarilmaydi.

“Unitel” MChJ (Beeline) va "SDS Carrier Solutions" MChJ har qanday vaqtda taklifni va ushbu shartlarni bekor qilish yoki o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Har qanday o'zgarishlar ular e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Barcha nashrlar www.spin-win.uz saytida e'lon qilinadi.

Shartlar, harakatlar, natijalar va xizmat bilan bog'liq barcha masalalar bo'yicha nizo yuzaga kelganda, “Unitel” MChJ (Beeline) va SDS Carrier Solutions MCHJ qarorlari qat'iy hisoblanadi va hech qanday talablar yoki muhokamalar kuchga kirmasligi kerak, qonunda ko’rsatilgan holatlar bundan mustasno.

Mazkur shartnoma “Unitel” MChJ (Beeline) va SDS Carrier Solutions MChJ xizmat ko’rsatgunga qadar to’liq o’z kuchida qoladi, ta'mirlash, texnik xizmat ko'rsatish yoki modernizatsiya kabi texnik sabablarga ko'ra viktorinani vaqtincha to'xtatib qo'yish holatlari bundan mustasno.

 

 

7. O'yin ishtirokchilari

O'yinda O'zbekiston Respublikasining 18 yoshga to'lgan va ushbu viktorinada ko'zda tutilgan shartlarga muvofiq Operator bilan uyali aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasi bo'yicha oldindan to'lov tizimidagi tarif rejalarining abonentlari bo'lgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

 

Boshqa uyali aloqa operatorlarining abonentlariga xizmat koʻrsatilmaydi.

Talablarga javob bermaydigan yoki ushbu qoidalar talablarini buzgan barcha shaxslar ushbu xizmatdan foydalanmasliklari kerak va sovrinli o'rinlarni egallashlari mumkin emas.

 

 

8. Xizmat uchun abonent to’lovi to’lanishi

Abonent hisobidan har kuni 1899 UZS QQS bilan (o'zbek so'mida)/kuniga yechib olinadi- viktorinaga obuna uchun abonent to'lovi. Xizmatga obuna bo’lganlik uchun to'lov abonent xizmatni bekor qilmagunga yoki xizmat to'xtatilgunga qadar har kuni yechib olinadi.

Abonentlar tomonidan 6303 qisqa raqamiga yuborilgan savollarga javoblar bepul.

Ishtirokchiga 6303 raqamiga javob xabarlari yoki ushbu viktorinaga oid har qanday reklama xabarlari sifatida yuborilgan SMSlar bepul.

Obunaning har bir to'langan kuni ishtirokchiga to'g'ri javoblarni yuborishdan olingan ballardan tashqari qo'shimcha ballar olish imkoniyatini beradi. Kunlik to'liq obuna to'lovi uchun (kuniga 1899 so'm) abonent sovrinlarni yutish uchun 100 ball oladi va 25 ta savolga javob berish imkoniyatiga ega bo'ladi.

 

 

9. Qoidalarni oʻzgartirish

KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR kompensatsiya huquqisiz hamda birlamchi xabardor qilishsiz ushbu KONTENT-XIZMATNI tashkil etish va/yoki boshqarish, shuningdek mazkur Shartlar va qoidalarni bekor qilish, toʻxtatib turish yoki oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi, har qanday oʻzgarishlar, oʻzgartirishlarni kiritish sanasigacha mazkur Shartlarga qoʻshimcha hujjat boʻlib, jamoatchilikning maʼlumoti uchun yetkaziladi.

 

 

10. Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish

KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR Sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz ushbu KONTENT-XIZMATDA sizning ishtirokingizni boshqarish va agar siz gʻolib boʻlib chiqqan holatda sizning maʼlumotingizni eʼlon qilish maqsadida ishlov berilishi toʻgʻrisida Sizni xabardor qilishadi. Bundan tashqari, sizning axborotingizga bizning telekommunikatsiya xizmatlarimizning marketing va tijorat xizmat koʻrsatishi maqsadlarida ishlov beriladi.

 

 

11. Javobgarlik

KONTENT-PROVAYDER KONTENT-XIZMATNING texnik sozligi va KONTENT-XIZMATNING doirasida foydalaniladigan axborot, shu jumladan savollar va javoblarning to’g’riligi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.

Fors-major vaziyatlari, boshqa vaziyatlar sababli taʼriflangan Sovrin topshira olinmaydigan holatda, KONTENT-PROVAYDER uni teng qiymatligisiga almashtirib berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR hamda, ushbu holatda, KONTENT-XIZMATDA ishtirok etayotgan kompaniyalar, Sovrindan foydalanish oqibatida yoki natijasida yuzaga kelgan har qanday tusdagi, bevosita, bilvosita va/yoki tasodifiy, roʻy bergan yoki kechiktirilgan zararlar uchun hech qanday javobgarlikka ega boʻlmaydi.

Bundan tashqari, GSM xizmatlar uchun xos boʻlgan, masalan: tarmoq band, telefon xotirasi toʻlgan, SMS xizmatlardan notoʻgʻri foydalanish, ushbu Xizmat uchun koʻrsatilgan raqam notoʻgʻri terilgan, yoki abonent qurilmasi tomonidan bloklab qoʻyilgan, tarmoqdan tashqarida boʻlish, SIM karta hisobida mablagʻlarning yetarli emasligi, kredit limitidan oshib ketish va hokazo kabi texnik jihatdan yoki boshqa cheklovlar sababli “Unitel” MChJ (Beeline) foydalanuvchilariga tanlovda ishtirok etishga halaqit bergan vaziyat yuzaga kelishida KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR hech qanday javobgarlikka ega boʻlmaydi.

 

 

12. Nizolarni hal qilish va qoʻllaniladigan yurisdiksiya

Ushbu KONTENT-XIZMAT bilan bogʻliq har qanday nizolar eʼtiroz qilinayotgan voqea paytidan boshlab 5 (besh) kun davomida yozma ravishda rasmiylashtirilishi kerak.

KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR hamda KONTENT-XIZMATNING ishtirokchilari oʻrtasida yuzaga kelgan ehtimoliy nizolar, tinch muzokaralar yoki buning imkoni yoʻqligida, Oʻzbekistonning vakolatli sudlari tomonidan hal qilinadi.

 

 

13. Eʼlonlar

Ushbu KONTENT-XIZMATNING shartlari bilan tanishib chiqish imkoniyati jamoatchilik uchun Tashkilotchining www.ajdarmusiqa.uz veb-sayti va/yoki har qanday uning ofislari/doʻkonlari orqali berilgan.